Turkmaniston yoshlar va o‘smirlar milliy boks terma jamoasi Ispaniyaning Alikante viloyati La-Nusiya shahrida o‘tkazilgan «Boxam International Tournament 2026» xalqaro musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Dunyodagi 21 davlatdan 246 nafar sportchi qatnashgan musobaqada Turkmaniston terma jamoasi safida 17 nafar bokschi bellashdi. Milliy jamoa vakillari turli yosh va vazn toifalarida bahslashib, jami 10 ta medal — 3 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdilar.

Oltin medal egalari:

  • Arslan Rejepow — U15, 44 kg

  • Ýunus Maşaripow — U17, 66 kg

  • Muhammetşarip Maşaripow — U17, 75 kg

Kumush medal egalari:

  • Rustam Bahramow — U15, 46 kg

  • Samir Saburow — U17, 80 kg

  • Atabek Hojaýew — U17, 52 kg

Bronza medal egalari:

  • Ysmaýyl Mollaýew — U17, 46 kg

  • Ýazgeldi Amanmedow — U19, 60 kg

  • Ysmaýyl Orazmyradow — U19, 80 kg

  • Ezbermuhammet Myratdurdyýew — U17, 63 kg

Musobaqada turkman jamoasining yana bir muhim yutug‘i Ýunus Maşaripov nomi bilan bog‘liq bo‘ldi. U U17 yosh guruhida qatnashgan sportchilar orasida «Musobaqaning eng yaxshi bokschisi» degan nufuzli unvonga sazovor bo‘ldi.

Turkmanistonlik bokschilarning «Boxam International Tournament 2026» musobaqasida qo‘lga kiritgan natijalari yosh sportchilarning xalqaro turnirlarda muvofaqiyatli qatnashayotgani va milliy boks maktabining kelajagi buyuk ekanini ko‘rsatadi.