Turkmaniston terma jamoasi Qirg‘izistonning Cholpon-Ota shahrida davom etayotgan VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarida muvaffaqiyatli qatnashib, qo‘lga kiritgan medallarining umumiy sonini 11 taga yetkazdi, deb xabar beradi MilliInfo.
Turkmanistonlik sportchilar hisobida 2 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medali bor.
Oltin medallarga milliy kurash bo‘yicha +100 kg vazn toshida qatnashgan Annagurban Allaberdiyew hamda alysh kurashining erkin usulida +100 kg vaznda bellashgan Nurmuhammet Baydogdiyew sazovor bo‘lishdi.
Kumush medallarni esa alysh kurashining mumtoz usulida 80 kg vaznda Mekan Nurberdiyew, erkin usulda 60 kg da Abdyresul Durdiyew va 80 kg da Silapberdi Nuryyew qo‘lga kiritdilar.
Bronza medallari egalari sifatida kurash bo‘yicha +100 kg da Ilham Kemalov, ssirym bo‘yicha +100 kg da Palwan Gurbangeldiyew, qirg‘iz kurashida 84 kg da Atageldi Tejendurdyew, qozoq kurashida 60 kg da Serdar Babamyradow, milliy kamarbandli kurashda +100 kg da Begli Hojammayyew hamda guleshda +100 kg da Ziyamuhammet Saparow bahs olib bordilar.
VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari 40 dan ortiq etnosport turini o‘z ichiga oladi. Xalqaro sport musobaqasida dunyoning 109 davlatidan 3000 dan ziyod sportchi qatnashmoqda.
Turkmaniston terma jamoasi tarkibida mazkur musobaqalarda 14 nafar sportchi va 7 nafar murabbiy ishtirok etmoqda.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.