
Turkmanistonda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini rivojlantirish va raqamli iqtisodiyotni mustahkamlash maqsadida muhim qadam tashlanmoqda. «Turkmentelekom» davlat elektrosaloqa kompaniyasi negizida sun’iy intellekt sohasida Kompetensiyalar markazini yaratish rejalashtirilmoqda.
Bu haqda Turkmaniston Aloqa vaziri Hajymyrat Hudaygulyýew Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (SPIEF-2026) doirasida o‘tkazilgan «Raqamli kelajak: rivojlanishning umumiy yo‘nalishlari, tahdidlar va yechimlar» nomli majlisda ma’lum qildi.
Markazning asosiy vazifalari:
Vazir sun’iy intellekt yechimlari hayotning turli sohalariga, jumladan ta’lim, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va transport tizimlariga allaqachon joriy etilayotganini ta’kidladi. Hozirgi vaqtda xalqaro hamkorlar bilan birgalikda transport-logistika yo‘laklarini boshqarish, neft-gaz sohasida prognozlarni amalga oshirish va qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha tajriba loyihalari rejalashtirilmoqda.
Hisobotda so‘nggi uch yil davomida mamlakatda xalqaro internet kanallarining o‘tkazish qobiliyati 10 barobarga oshgani qayd etildi. Shuningdek, Turkmaniston Yevropa bilan Osiyo o‘rtasida yangi yuqori tezlikdagi raqamli yo‘nalishlarni shakllantiradigan strategik loyihalarni amalga oshirayotgani ta’kidlandi. Ularning qatorida Serhetabat – Hirot yo‘nalishi bo‘yicha optik-tolali aloqa tizimining qurilishi va Kaspiy dengizi tubi bo‘ylab yotqizilayotgan suvosti kabel loyihalari bor.
Bu qadamlar Turkmanistonning raqamli iqtisodiyoti, katta ma’lumotlar (Big Data) va kiberxavfsizlik tizimlarining xalqaro darajada rivojlanishiga katta turtki beradi.
Keywords