Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi Rossiya yo'nalishlari bo'yicha parvozlar jadvalida o'zgarishlar ro'y berganini ma'lum qildi. Mamlakatlar o'rtasidagi qatnovlar saqlanib qolgan bo'lsa-da, Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Yekaterinburg, Novosibirsk va Xabarovsk kabi shaharlarga parvozlar chastotasi vaqtincha kamaytiriladi. Aviakompaniya ushbu qarorni aviayoqilg'i taqchilligi va uning narxi oshishi bilan izohladi. Bekor qilingan reys yo'lovchilariga chiptalarni jarimalarsiz bepul qayta bron qilish yoki to'liq qaytarib olish imkoniyati beriladi.
Uzbekistan Airways parvozlar jadvalidagi o'zgarishlar
1 daqiqa o'qish12

Yoqilg'i taqchilligi tufayli Uzbekistan Airways Rossiyaning bir qator shaharlariga parvozlar sonini kamaytirmoqda; yo'lovchilarga chiptalarni almashtirish yoki pulini qaytarib olish taklif etilmoqda.






Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.