Amerikalik aktyor Vin Dizel «Forsaj: Abadiy» nomli yangi film ssenariysini o‘qiganida kuchli hissiyotlarni boshdan kechirganini ma’lum qildi.

Aktyorning aytishicha, yangi film ssenariysi so‘nggi o‘n yil davomida o‘qigan eng ta’sirli va badiiy jihatdan yaxshi yozilgan asarlardan biri bo‘lgan. U ssenariy bilan tanishganda juda hayajonlanganini va ko‘z yoshlarini ushlab turolmaganini ta’kidladi.

«Forsaj» kino turkumining yangi qismi premyerasi 2028-yil may oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda, deb xabar beradi «ria.ru».

Avvalroq Vin Dizel serialning 11-qismida dunyoga mashhur portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu ham suratga tushishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.

Bugungi kunga qadar «Forsaj» turkumi 11 ta to‘liq metrajli va ikkita qisqa metrajli jangovar filmdan iborat bo‘lib, jahon kinosining eng mashhur franchayzalaridan biriga aylangan.