Xiaomi kompaniyasi 28-fevral kuni Barselonada Xiaomi 17 flagmanlari bilan birga HyperOS 3.1 global versiyasini taqdim etadi. Android 16 bazasidagi ushbu yangilanish Apple qurilmalari bilan mukammal integratsiyani ta'minlaydi. Endilikda iPhone-ga kelgan xabarlarni Xiaomi smartfonida ko'rish, AirPods quloqchinlarini xuddi iPhone-dagidek animatsiya bilan ulash va AirDrop analogi orqali iOS qurilmalari bilan sifatni yo'qotmasdan fayl almashish imkoniyati paydo bo'ladi.
Xiaomi Apple bilan do'stlashmoqda: AirDrop va AirPods-ni qo'llab-quvvatlovchi HyperOS 3.1 28-fevralda chiqadi
1 daqiqa o'qish27

Xiaomi HyperOS 3.1 yangilanishi iPhone bildirishnomalarini qabul qilish, AirPods-ni to'liq qo'llash va AirDrop kabi fayl almashish imkonini beradi.






Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.