Mamlakatimizda kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirish uchun keng shart-sharoitlar yaratilgani tufayli Berkarar davlatning yangi theʼyoni Galkinish davrida xususiy sektor quvvatli ishlab chiqaruvchi kuchga aylandi. Farovon diyorimizning iqtisodiy quvvatini yanada mustahkamlashda alohida oʻrin egallaydigan tadbirkorlikning oldindan ishlab kelayotgan yirik korxonalar bilan yaqindan ishlashi xalq xoʻjaligi uchun zarur boʻlgan yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishga yordam beradi.
Turkmanobod shahridagi S.A. Niyozov nomidagi kimyo zavodi bilan ishlarini muvofiqlashtirgan, oʻzining yuqori sifatli mahsulotlari bilan tanilgan xususiy mahsulot ishlab chiqaruvchilardan biri bu avtomobillar uchun mukammal akkumulyator batareyalarini ishlab chiqaruvchi «Kökçi» xoʻjalik jamiyatidir. Maʼlumki, mamlakatimizdagi eng yirik korxonalardan biri boʻlgan S.A. Niyozov nomidagi kimyo zavodida xalq xoʻjaligi uchun zarur boʻlgan sulfat kislotasi ishlab chiqariladi. Bu esa zavod bilan yonma-yon joylashgan «Kökçi» xoʻjalik jamiyatida ishlab chiqariladigan akkumulyator batareyalari uchun zarur boʻlgan sulfat kislotasini keltirish va foydalanish uchun qulay sharoit yaratadi. Ishlari muvofiqlashtirilgan xoʻjalik jamiyatida transport vositalari uchun zarur boʻlgan yuk va yengil avtomobillarga moʻljallangan «Kuwwat», «Ýyldyrym», «TM Power» sifat belgili, quvvati 30 dan 225 amper/soatga teng boʻlgan turlari ishlab chiqariladi.
Xoʻjalik jamiyatining doirasi tobora kengayib borayotganini ham taʼkidlab oʻtish joiz. Xitoy Xalq Respublikasidan hamda Hindistondan keltirilgan ilgʻor texnologiyalarning ishlab chiqarishga joriy etilishi bu yerda ishlab chiqariladigan akkumulyator batareyalarining sifat darajasini yanada oshirishga, hajmini koʻpaytirishga koʻmaklashdi va yangi ish oʻrinlari yaratilishiga shart-sharoit yaratdi. Hozirgi vaqtda ishchi-mutaxassislarning 200 nafarga yaqini mehnat qilayotgan ushbu korxona joriy yilda 200 mingdan ortiq akkumulyator batareyasini ishlab chiqarishni maqsad qilgan. Oʻtgan yili xoʻjalik jamiyatida jami 100 mingdan ortiq akkumulyator batareyasi ishlab chiqarilganidan kelib chiqqan holda, bu yerda mahsulot ishlab chiqarish quvvati ikki barobar oshganini koʻrish mumkin.
«Kökçi» xoʻjalik jamiyatida ishlab chiqariladigan akkumulyator batareyalariga talab katta ekanligini bu yerda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning mamlakatimizning barcha viloyatlarida va Ashxobod shahrida avtomobil egalari tomonidan katta ishtiyoq bilan sotib olinishi ham isbotlaydi. Shuningdek, xoʻjalik jamiyatining mukammal mahsulotlarining Oʻzbekiston, Tojikiston, Ozarbayjon, Armaniston, Italiya kabi davlatlarga eksport qilinishi bu xoʻjalikning jahon bozoriga dadil kirib borayotganini koʻrsatadi. Oʻrinli boʻlganda, xoʻjalik jamiyatida tayyor mahsulotlarni isteʼmolchilarga uzluksiz yetkazib berish uchun toʻrtta maxsus avtomobil harakatlanishini ham taʼkidlab oʻtish kerak.
Ezgu maqsadlarni koʻzlagan «Kökçi» xoʻjalik jamiyati mahsulotlariga ichki va tashqi bozorda talabning ortib borishi uning sifat darajasi yuqoriligidadir. Mahsulot sifatini esa Yaponiya, Xitoy va Yevropa mamlakatlarining taniqli kompaniyalarida ishlab chiqariladigan jihozlarning ishlab chiqarishga joriy etilishi, shuningdek, bu yerda mehnat qilayotgan ishchi-mutaxassislarning kasbiy darajasi yuqoriligi belgilaydi. Xoʻjalik jamiyatida zamonaviy uskunalar bilan taʼminlangan laboratoriyaning faoliyat yuritishi ham mahsulot sifati borasida alohida ahamiyatga ega.
Xoʻjalik jamiyatida yana bir taʼkidlab oʻtish muhim boʻlgan jihatlardan biri – bu yerda ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun idora-korxonalar va xususiy avtomobillarning foydalanishdan chiqqan akkumulyatorlarining qayta ishlatilishidir. Xalqimizning turmush darajasining izchil oʻsishi natijasida avtomobillar sonining koʻpayishi, shu bilan bogʻliq holda muddati oʻtgan akkumulyatorlarning koʻpayishini inobatga olganda, bu ekologiya jihatidan ham ulkan ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatadi.
Hozirgi vaqtda dunyoda fan va texnologiyaning jadal rivojlanishi munosabati bilan «Kökçi» xoʻjalik jamiyati ham ishlab chiqarishning yangi turlari ustida doimiy ishlamoqda. Bu esa xoʻjalik jamiyatining zamon bilan hamnafas ekanligini anglatadi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.