Yaponiyaning Kumamoto prefekturasi Kyusyu orolida yuz bergan kuchli zilzila natijasida 13 kishi halok boʻldi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Sanae Takaiti ma'lum qildi, deb yozadi «ria.ru».
Takaiti, shuningdek, mamlakat hukumati odamlarni qutqarish uchun barcha zarur chora-tadbirlarni koʻrayotganini bildirdi.
Aytish joizki, seshanba kuni Kyusyu orolida magnitudasi 7,1 ga teng boʻlgan kuchli yer sarsinishi qayd etildi. Binolar qulab tushdi, yoʻllar va koʻpriklarga zarar yetdi. 50 mingga yaqin xoʻjalik elektr energiyasiz qoldi. 80 dan ortiq odam tan jarohati olgani xabar qilindi.






Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.