
Yaponiyaning Saytama prefekturasida joylashgan mashhur Xatigata qal’asi bog‘ida bo‘yi 18 metrga yetadigan 160 yillik qadimiy sakura daraxti gullash davriga kirdi.
Ushbu noyob daraxt o‘rta asr hukmdori Xodzyo Udzikuni sharafiga «Udzikuni-dzakura» deb nomlanadi.
«Bolshaya Aziya» media manbasiga tayanib THP xabar berishicha, bu yil Kun chiqar mamlakatda sakura gullash mavsumi odatdagidan ancha erta boshlandi. Mutaxassislar buning sababini mintaqada davom etayotgan g‘ayritabiiy iliq ob-havo bilan bog‘lamoqdalar. Masalan, fevral oyida Nagoya shahrida o‘rtacha havo harorati me’yordagidan 2,4°C yuqori bo‘ldi.
Keywords