
30-mart kuni Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari No‘kerguli Ataguliyev Gruziya Bosh vaziri Irakli Kobaxidze bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar beradi 1tv.ge sayti.
Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbolli imkoniyatlarini muhokama qildilar. Gruziya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, uchrashuv davomida gruzin-turkman munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani ta’kidlandi. Shuningdek, davlatlararo aloqalarni yanada mustahkamlashda yuqori darajadagi tashriflarning o‘rni qayd etildi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikka, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalaridagi sheriklik imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralar doirasida mintaqaviy kun tartibiga ham to‘xtalib o‘tildi. Tomonlar Turkmanistonning Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadilar hamda bunday yo‘nalish mintaqaning barqaror rivojlanishi uchun muhimligini qayd etdilar.
Keywords