
Berkarar davlatning yangi davri Uyg‘onish davrida mamlakatimiz ulkan qurilish maydoniga aylandi. Yurtimizning sanoat va qurilish infratuzilmasini yanada takomillashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Turkmaniston Sanoat va qurilish ishlab chiqarishi vazirligiga qarashli zamonaviy texnologiyali korxonalar soni tobora ortib bormoqda. Mari viloyatidagi Temir-mexanika korxonasida ham ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, korxona davlatimizning iqtisodiy yuksalishiga salmoqli hissa qo‘shmoqda.
Korxona uchta bo‘limdan iborat bo‘lib, ulardan ikkitasi ishlab chiqarish va yordamchi bo‘limlardir. Yordamchi bo‘limda korxona uskunalarini ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi. Bu yerda yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari uchun po‘lat ustunlar kabi o‘nlab turdagi temir konstruksiyalar, mamlakatimiz sanoatida qo‘llaniladigan turli xil ehtiyot qismlar, og‘irligi 3 tonnagacha bo‘lgan cho‘yan va rangli metallardan quyma mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Korxonaning ahil va mehnatsevar ishchilari iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yanada oshirish yo‘lida tinimsiz mehnat qilmoqdalar. Ularning ish sur’ati tobora ortib borayotganini esa ishlab chiqarishda erishilayotgan yutuqlar va amalga oshirilayotgan ishlar yaqqol ko‘rsatib turibdi.
Temir-mexanika korxonasi 2025-yilni yuqori ko‘rsatkichlar bilan yakunladi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, belgilangan reja 103,3 foizga bajarildi. Bu esa 2024-yilning tegishli davri bilan solishtirilganda 100,5 foizlik o‘sishga erishilganidan dalolat beradi.
2026-yil boshidan buyon erishilgan natijalar ham e’tirofga sazovordir. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, korxonada asosan kanalizatsiya tizimlari quvurlari uchun quyma qopqoqlar ishlab chiqarilmoqda.
Korxonaning g‘ayratli ishchilari uskunalarning soz ishlashi va ishlab chiqarishning uzluksiz davom etishi uchun o‘z bilim va tajribalarini ayamayaptilar. Bu esa sanoat sohasidagi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan keng ko‘lamli ishlarning rivojlanishiga katta hissa bo‘lib qo‘shilmoqda.
Keywords