Ronaldo Irlandiya bilan o‘yinda maydondan chetlatildi
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldo 2026 yilgi jahon chempionati saralash bosqichining Irlandiyaga qarshi safar uchrashuvida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartga loyiq deb topildi.
O‘yin davomida u Irlandiya himoyachisi Dara O’Sheaga tirsagi bilan zarba bergani uchun 61-daqiqada maydondan chiqarib yuborildi. O‘sha vaqtda hisob 2:0 Irlandiya foydasiga edi.
Shunga qaramay, Portugaliya F guruhida 10 ochko bilan birinchi o‘rinni saqlab qolmoqda. Ikkinchi o‘rinda — 8 ochko bilan Vengriya, uchinchida Irlandiya (7), to‘rtinchida esa Armaniston (3). Yakuniy turda Portugaliya o‘z maydonida Armanistonni qabul qiladi, Irlandiya esa safarda Vengriyaga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuvlar 16 noyabrda bo‘lib o‘tadi.
Ronaldo — 40 yoshli hujumchi, Chempionlar ligasining besh karra g‘olibi, Yevropa chempioni va Millatlar ligasining ikki karra g‘olibi. U terma jamoalar, Yevropa chempionati, Chempionlar ligasi hamda klublar o‘rtasidagi jahon chempionati tarixidagi eng ko‘p gol urgan futbolchidir.
2022 yil dekabrida u “Al-Nasr” klubiga o‘tdi. Bungacha u “Sporting”, “Manchester Yunayted”, “Yuventus” va Madridning “Real” jamoalarida o‘ynagan. Portugal terma jamoasida esa 2003 yildan beri faoliyat yuritadi.
