S7 Airlines Ashgabat va Novosibirsk oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
S7 Airlines Ashgabat va Novosibirsk oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniyaning Markaziy Osiyo boʻyicha vakili Yevgeniy Chernyshov XVIII Xalqaro “TurkmenTel–2025” ko‘rgazmasi va “Xalqaro transport koridorlari: o‘zaro bog‘lanish va rivojlanish–2025” xalqaro konferensiyasi doirasida ma’lum qildi.
“Keyingi yil bahoridan Ashgabatdan Novosibirskka reysni ochamiz, deb umid qilamiz. Hozir ushbu yo‘nalishda faol tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda,” dedi kompaniya vakili.
Chernyshov S7 Airlinesning 20 yil davomida Turkmenistonda faoliyat yuritayotganini eslatib o‘tdi. “2008 yilda Moskva–Ashgabat yo‘nalishini ochdik va shundan beri muntazam parvozlar amalga oshirilmoqda,” dedi u. Hozirda kompaniya ushbu yo‘nalishda haftasiga 7 reys amalga oshiradi.
18-noyabrda Ashgabatda XVIII Xalqaro “TurkmenTel–2025” ko‘rgazmasi va ilmiy konferensiya hamda “Xalqaro transport koridorlari: o‘zaro bog‘lanish va rivojlanish–2025” (ITTC-2025) xalqaro konferensiyasi ochildi va 14-noyabrgacha davom etadi.
