Sog‘liq uchun qahva, choy va suvning optimal miqdori aniqlandi

Nov 10, 2025 - 09:30
Sog‘liq uchun qahva, choy va suvning optimal miqdori aniqlandi

British Journal of Nutrition (BJN) jurnalining ma’lumotlariga ko‘ra, yurak kasalliklaridan himoyalanish uchun qahva va choyni 3:2 nisbatda ichish tavsiya etiladi. Har kuni jami etti-sakkiz stakan qahva, choy va suv iste’mol qilish yurak-qon tomir va saraton kasalliklari rivojlanish xavfini kamaytiradi.

Olimlar 13 yil davomida 183 ming kishining sog‘lig‘i va ovqatlanish ma’lumotlarini tahlil qildilar. Eng yaxshi sog‘liq ko‘rsatkichlari ikki stakan choy va uch stakan qahva ichgan hamda doimiy ravishda oddiy suv iste’mol qilgan ishtirokchilarda kuzatildi.

Tadqiqotchilarning aytishicha, qahvadagi xlorogen kislotasi diabet va asab tizimi buzilishlari xavfini kamaytiradi, shuningdek, ichak mikroflorasining sog‘lom holatini qo‘llab-quvvatlaydi. Choydagi katexinlar esa yallig‘lanishga qarshi va antioksidant xususiyatlarga ega bo‘lib, tomirlar va to‘qimalarni shikastlanishdan himoya qiladi.

Shu bilan birga, olimlar ogohlantirdilar: kuniga uch va undan ortiq stakan qahva ichish uyqusizlik va yurak urishining buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Suvni haddan tashqari ko‘p ichish esa elektrolit muvozanatini buzishi mumkin.