Turkman sambochilari jahon chempionatida sakkizta medalni qo‘lga kiritdi

Nov 10, 2025 - 16:12
Turkman sambochilari jahon chempionatida sakkizta medalni qo‘lga kiritdi

Turkmaniston sportchilari Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda o‘tkazilgan sambo bo‘yicha jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Ular jami 8 ta medalni qo‘lga kiritishdi.

Sport sambosi yo‘nalishida Guvanch Begaliyev (98 kg gacha) jahon vitse-chempioni bo‘ldi.
Ayollar o‘rtasida jangovar sambo bo‘yicha Madina Aydogdiyeva (54 kg gacha) kumush, Zyba Orunova (65 kg) bronza medalini oldi. Sabina Agajanova (80 kg dan ortiq) esa ikkinchi o‘rinni egalladi.

Erkaklar o‘rtasida jangovar sambo bo‘yicha Hakberdi Jumayev (58 kg) va Muminjon Arzikulov (71 kg) kumush, Abdulla Nazargeldiyev (88 kg) va Bezirgen Begenjov (98 kg) esa bronza medalni qo‘lga kiritishdi.

Bishkekda o‘tgan jahon chempionatining umumiy mukofot jamg‘armasi 341 ming AQSH dollarini tashkil etdi. Oltin medal sohiblariga 4 ming, kumush medal egalari 3 ming, bronza medal sohiblariga esa 2 ming AQSH dollari mukofot berildi.