Turkmaniston 2026-yil uchun ish va bayram kunlari taqvimini tasdiqladi
Turkmanistonda 2026-yil uchun ish va bayram kunlari ko‘rsatilgan ishlab chiqarish taqvimi e’lon qilindi, deb xabar qildi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish ministrligi.
Kelasi yilda ish haftasi quyidagicha hisoblanadi:
-
Besh kunlik ish haftasi – 40 soat,
-
Olti kunlik (kuniga 7 soat) – 40 soat,
-
Olti kunlik (kuniga 6 soat) – 36 soat.
Ishlanmaydigan bayram kunlari:
-
1-yanvar – Yangi yil;
-
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni;
-
20-mart – O‘raza hayiti;
-
21–22-mart – Milliy bahor bayrami;
-
18-may – Konstitutsiya va Davlat bayrog‘i kuni;
-
27–29-may – Qurbon hayiti;
-
27-sentabr – Mustaqillik kuni;
-
6-oktabr – Xotira kuni;
-
12-dekabr – Xalqaro betaraflik kuni.
Bayram arafasidagi ish kuni 1 soatga qisqartiriladi. Tungi navbatchiliklar 1 soatga qisqaradi, uzluksiz ishlab chiqarishda esa kunduzgi ishga tenglashtiriladi.
Oy bo‘yicha o‘rtacha ish vaqti: 40 soatlik hafta uchun 166,9 soat, 36 soatlik hafta uchun 150,5 soat.
Ishlab chiqarish taqvimi — bu har bir oy va yil uchun ish kunlari, dam olish kunlari hamda bayram kunlarini, bayram oldi qisqartirilgan ish kunlarini ko‘rsatib beradigan rasmiy taqvim bo‘lib, korxonalar ishini rejalashtirishda, ish haqi, ta’til va ishlab chiqarish grafiklarini hisoblashda qo‘llanadi.
