Turkmaniston Prezidenti qishloq xo‘jaligi xodimlarini mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Hosil bayrami munosabati bilan bir guruh fuqarolarni “Vatanga bo‘lgan muhabbati uchun” medali bilan taqdirlash to‘g‘risida farmon imzoladi. Bu haqda “Vestiabad” axborot agentligi xabar berdi.
Mukofotlar mamlakat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishdagi mehnatsevarligi va Vatanga sadoqati uchun topshirildi.
Medal bilan qishloq va suv xo‘jaligi tizimi mutaxassislari, chorvadorlar, mexanizatorlar, dehqon birlashmalari ijarachilari, agronomlar va oziq-ovqat sanoati ishchilari taqdirlandi.
Farmon Turkmaniston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga katta hissa qo‘shgan xodimlarni rag‘batlantirishga qaratilgan.
