Turkmanistonda 5-dekabrdan bayram savdosi boshlanadi

Nov 29, 2025 - 16:33
Turkmanistonda 5-dekabrdan bayram savdosi boshlanadi

28-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Vazirlar Kabineti yig‘ilishida vitse-premyer N. Atagulyyev mamlakat savdo tizimining Butunjahon Neytrallik kuni va Yangi yil bayramiga tayyorgarligi haqida ma’lumot berdi.

Xabar qilinishicha, bayram savdosi 5-dekabrdan viloyatlardagi, shuningdek Ashxobod va Arkadag shaharlaridagi savdo markazlari, bozorlar va do‘konlarda boshlanadi. Ko‘chma savdo nuqtalarini tashkil etish ham rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan davlat rahbariga tegishli taklif taqdim etildi.

Prezident Serdar Berdimuhamedov yaqinlashib kelayotgan bayramlar — Butunjahon Neytrallik kuni va Yangi yil munosabati bilan aholining turli mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish uchun zarur choralarni ko‘rish muhimligini ta’kidladi.

Ko‘chma savdo nuqtalarining ishini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, bozorlar va do‘konlarni oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan sabzavot-poliz, meva va rezavorlar bilan yetarli darajada ta’minlash zarurligini qayd etgan davlat rahbari vitse-premyerga tegishli topshiriqlar berdi.