Turkmanistonda Olimpiya chempionlarini tayyorlash uchun Markaziy Osiyodagi birinchi ilmiy markaz ochildi

Nov 26, 2025 - 17:50

Turkmaniston sportni ilmiy tamoyillar asosida rivojlantirayotgan davlatlar qatoriga qo‘shildi — mamlakatda Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib Olimpiya chempionlarini tayyorlashga yo‘naltirilgan jahon darajasidagi ilmiy-tadqiqot markazi ochildi, deb xabar beradi MIR 24.

Markaz Bedenterbiya we sport boýunça Döwlet institutining huzurida faoliyat yuritadi va murakkab tadqiqotlar o‘tkazish uchun zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. U kafedralar bilan hamkorlik qiladi, talabalarni obyektiv ma’lumotlar asosida o‘qitadi hamda sport tibbiyoti va biomekanika yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlaydi.

III-kurs talabasi Anwar Yangibaevning aytishicha, markaz klassik ta’limni chuqur analitika bilan birlashtirish imkonini beradi. III-kurs talabasi Chinar Sabirova esa, markaz 13 ta bo‘limdan iborat yirik majmua ekanligini, u nafaqat ta’limiy, balki ilmiy faoliyatni ham amalga oshirayotganini ta’kidladi.

Shu tariqa, Turkmaniston kelajakdagi olimpiya chempionlarini tayyorlashga bo‘lgan sa’y-harakatlarini davom ettirmoqda.