Xitoy past orbitadagi internet tizimi uchun sun’iy yo‘ldoshlarni uchirdi

Nov 10, 2025 - 12:14
Xitoy past orbitadagi internet tizimi uchun sun’iy yo‘ldoshlarni uchirdi
Depositphotos

Xitoy past orbitadagi internet sun’iy yo‘ldoshlari tizimining 13-guruhini muvaffaqiyatli uchirdi. Bu haqda Xitoy Markaziy Televideniyesi (CCTV) xabar berdi.

Uchirish mahalliy vaqt bilan soat 10:41 da (Moskva vaqti bilan 05:41 da) Haynanda joylashgan tijoriy kosmodromdan, “Long March-12” (Chanchjeng-12) raketa tashuvchisi yordamida amalga oshirildi. Barcha yo‘ldoshlar belgilangan orbitaga muvaffaqiyatli chiqdi.

Avvalroq xabar berilishicha, xitoylik Galactic Energy kompaniyasi 2028-yilda dunyodagi birinchi elektromagnit raketa uchirish tizimini taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Ma’lum qilinishicha, bu tizim maglev (magnitli levitatsiya) printsipi asosida ishlaydi va supero‘tkazuvchi magnitlar yordamida raketani dvigatel ishga tushishidan oldin ham ovozdan tezroq tezlikka yetkazadi. Ushbu tizim tinch (kam shovqinli) bo‘lib, raketa yoqilg‘isidan tejamkorlik bilan foydalanish imkonini beradi.