Yangilangan 2026 Nissan Pathfinder taqdim etildi

Nov 15, 2025 - 10:35
Yangilangan 2026 Nissan Pathfinder taqdim etildi
Yangilangan 2026 Nissan Pathfinder taqdim etildi
Yangilangan 2026 Nissan Pathfinder taqdim etildi
Yangilangan 2026 Nissan Pathfinder taqdim etildi
Yangilangan 2026 Nissan Pathfinder taqdim etildi
Yangilangan 2026 Nissan Pathfinder taqdim etildi

Nissan AQShdagi model qatorini keng ko‘lamda yangilashni davom ettirmoqda. Kicks, Murano, Leaf va Sentra restylingidan so‘ng, brendning eng mashhur uch qatorli SUVlaridan biri — Pathfinder navbati keldi.

Tashqi ko‘rinishda 2026 Pathfinder deyarli o‘zgarmagan — yangilanish asosan qayta ishlangan old qismida seziladi. Radiator panjarasi endi kengroq, kumush rangli ramkasiz va kataklari avvalgidan maydaroq. Ranglar orasiga Baltic Teal deb nomlangan yangi tus qo‘shildi, eng yuqori Platinum komplektatsiyalarida esa endi 20 dyuymli g‘ildiraklar va kumush o‘rniga qora relslar mavjud.

Asosiy yangiliklar salon ichida. Endi barcha versiyalar 12,3 dyuymli sensorli displey bilan jihozlanadi, u Apple CarPlay va Android Auto’ning simsiz ulanishini qo‘llab-quvvatlaydi. SL va Platinum komplektatsiyalarida shu o‘lchamdagi raqamli asboblar paneli o‘rnatiladi. Simsiz quvvatlash qurilmasi ham takomillashtirildi — sovutish tizimi paydo bo‘ldi va quvvati 15 Vt ga oshirildi.

2026 Pathfinder HD formatli 360 darajali kamera tizimiga va «shaffof kapot» funksiyasiga ega — bu funksiya mashinaning old qismi ostidagi to‘siqlarni ko‘rish imkonini beradi. Kapot ostida o‘zgarish yo‘q: avvalgidek 284 ot kuchiga ega 3,5 litrli V6 dvigatel va 9 pog‘onali avtomat uzatma. Barcha versiyalarda to‘liq yuritma mavjud, Rock Creek komplektatsiyasida esa Eco'dan tortib Qum va Loy rejimlarigacha jami yetti boshqaruv rejimi bor.

Narx hali e’lon qilinmagan, biroq yangi modelning 2025 yilgi Pathfinder’dan — AQShda hozir 37 895 dollardan boshlanadi — qimmatroq bo‘lmasligi kutilmoqda. 2026 Nissan Pathfinder savdolari kelasi yil bahorida boshlanadi.