Yaponiyada kuchli zilzila ehtimoli haqida ogohlantirildi
Yaponiyada yaqin bir hafta ichida yangi kuchli zilzila sodir bo‘lishi mumkin. 9-noyabr kuni mamlakatda 6,9 magnitudali yer silkinishi qayd etilgan edi. Bu haqda Yaponiya Milliy meteorologiya agentligi ma’lum qildi, deb xabar beradi Report agentligi.
Yapon seysmologlarining prognozlariga ko‘ra, keyingi kunlarda shunga o‘xshash kuchdagi yana bir zilzila yuz berishi mumkin. Shu sababli aholi hushyor bo‘lishga va xavfsizlik choralarini ko‘rishga chaqirilmoqda.
