“Yil jangi” yaqinlashmoqda: Islom Maxachev mag‘lub bo‘lmagan Jek Della Maddalenaga qarshi chiqadi

Nov 12, 2025 - 17:06
“Yil jangi” yaqinlashmoqda: Islom Maxachev mag‘lub bo‘lmagan Jek Della Maddalenaga qarshi chiqadi

16-noyabr tongida mashhur rossiyalik jangchi Islom Maxachev navbatdagi jangini o‘tkazadi. U Nyu-Yorkdagi “Madison Square Garden” arenasida bo‘lib o‘tadigan UFC 322 turnirida oktagonga chiqib, tashkilotdagi ikkinchi chempionlik kamarini qo‘lga kiritish uchun jang qiladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, Maxachevgacha yarim o‘rta vazn toifasida biror rossiyalik sportchi ikki UFC chempionlik kamariga ega bo‘lmagan.

Maxachevning UFC 322 dagi raqibi — yarim o‘rta vazn toifasining yangi chempioni, avstraliyalik jangchi Jek Della Maddalena bo‘ladi.

Avstraliyalik sportchi 18 ta ketma-ket g‘alabadan iborat ajoyib seriyaga ega bo‘lib, ularning 8 tasini UFCda qo‘lga kiritgan. Jek kuchli zarba berish mahorati bilan tanilgan va o‘z chempionlik kamarini Maxachevga berish niyatida emas.

Shu sababli bu jangga katta e’tibor qaratilgan va u “Yil jangi” bo‘lishi kutilmoqda.

Jangni Amul-TV (Amulinfo.com) kanalida onlayn tarzda tomosha qilish mumkin bo‘ladi.