Futbol olamidagi eng nufuzli individual mukofotlardan biri hisoblangan «Oltin to‘p» (Ballon d’Or) mukofotining 2026-yilgi nomzodlari ma’lum qilindi. 1956-yildan buyon «France Football» jurnali tomonidan topshirib kelinayotgan mukofot uchun bu yilgi dastlabki ro‘yxatga 30 nafar futbolchi kiritildi.

Nomzodlar futbolchilarning 2025-yil 3-avgustdan 2026-yil 19-iyulgacha bo‘lgan davrdagi o‘yinlari va erishgan natijalari asosida aniqlandi. Shu sababli ro‘yxatda futbolchilarning o‘tgan mavsumda to‘p surgan klublari ko‘rsatilgan.

Bu yilgi ro‘yxatda Chempionlar ligasi g‘olibi PSJdan 10 nafar futbolchining o‘rin olgani alohida e’tiborga sazovor. Shu tariqa, ilk bor bir klubdan 10 nafar futbolchi 30 nomzoddan iborat «Oltin to‘p» ro‘yxatiga kiritildi. Bu ko‘rsatkich mukofot tarixidagi rekord sifatida qayd etildi.

Nomzodlarning klublar bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:

  • PSJ — 10 futbolchi;

  • «Bavariya» — 4;

  • «Arsenal» — 3;

  • «Barselona» — 3;

  • «Real Madrid» — 3;

  • «Manchester Siti» — 2;

  • «Manchester Yunayted» — 1;

  • «Chelsi» — 1;

  • «Inter» — 1;

  • «Inter Mayami» — 1;

  • «Al-Nassr» — 1;

  • «Al-Qodisiya» — 1.

«Oltin to‘p» sohibi futbolchining o‘tgan mavsumdagi individual ko‘rsatkichlari, jamoasining erishgan yutuqlari va muhim uchrashuvlardagi o‘yinlari asosida aniqlanadi. 2026-yilgi mukofot uchun kurashda ham kuchli raqobat bo‘lishi kutilmoqda.