Abduqodir Husanov «Manchester Siti» bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytirdi
⚽ O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov «Manchester City» bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytirdi. 22 yoshli futbolchi klub safida Angliya Kubogi va Liga Kubogini qo‘lga kiritib, 47 ta o‘yinda 1 ta gol urdi.
· 1 daqiqa o'qish · 1 ko'rish

Angliyaning «Manchester Siti» futbol klubi oʻzbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov bilan shartnoma muddatini uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yangi shartnomaning muddati 2031-yilgacha moʻljallangan.
22 yoshli Husanov 2025-yilning yanvaridan beri Angliyaning «Manchester Siti» futbol klubi safida toʻp surib kelmoqda. U shu davr mobaynida jamoa bilan Angliya kubogi hamda Angliya liga kubogini qoʻlga kiritdi. Oʻzbekistonlik futbolchi 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
Abduqodir Husanov Oʻzbekiston milliy terma jamoasining ham futbolchisi boʻlib, u oʻz yurtining terma jamoasida 30 ta oʻyinda, jumladan, Oʻzbekiston terma jamoasi bilan yaqinda yakunlangan futbol boʻyicha jahon chempionatida ham toʻp surdi.
Husanov «Manchester Siti» klubidagi sobiq SSSR davlatlaridan chiqqan 7-futbolchidir. Bu ingliz klubida rossiyalik futbolchi Andrey Kanchelskis, gruziyalik futbolchilar Kaxaber Sxadadze, Murtaz Sheliya, Georgiy Kinkladze, Mixail Kavelashvili, shuningdek, ukrainalik futbolchi Aleksandr Zinchenko oʻynagan.
#Futbol#Abduqodir Husanov#Manchester City#O‘zbekiston milliy terma jamoasi#Angliya Premyer ligasi#2031 yilgacha shartnoma#himoyachi#Angliya kubogi#Liga kubogi#O‘zbekiston futboli#Jahon chempionati#transfer yangiliklari








Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.