Kanadaning Alberta provinsiyasi aholisi ko‘pchiligi hududning mamlakat tarkibida qolishini qo‘llab-quvvatladi. Bu 21-oktabr kuni o‘tkazilgan referendumning dastlabki natijalarida aks etdi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.
Neft va boshqa tabiiy resurslarga boy Alberta provinsiyasining mustaqilligini ovoz berganlarning 23 foizdan ortig‘i qo‘llab-quvvatladi. Saylovchilarning 76 foizi esa uning Kanada tarkibida qolishi tarafdori bo‘ldi.
The Guardian nashrining qayd etishicha, referendumning dastlabki natijalari Kanada hukumati rahbari va mamlakat hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar uchun muhim natija bo‘ldi.
Alberta mustaqilligini qo‘llab-quvvatlovchilar orasida AQShning ayrim siyosiy arboblari, jumladan Donald Tramp ham bor.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.