Turkiyaning Antaliya viloyatida yuz bergan kuchli bo‘ron oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi jarohat oldi. Bu haqda «RIA Novosti» axborot agentligi mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa seshanba kuniga o‘tar kechasi Antaliyaning Kepez tumanida sodir bo‘lgan. Kuchli shamol qurilish ishchilari yashaydigan vaqtinchalik turar joylarni vayron qilgan. Natijada to‘rt nafar ishchi halok bo‘lgan, yana bir ishchi jarohatlangan.
Antaliya ma’muriyati xavfli ob-havo sharoitlari haqida oldindan ogohlantirib, aholi va sayyohlarni kuchli yomg‘ir hamda bo‘ronli shamoldan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.
Turkiya Bosh meteorologiya boshqarmasi prognoziga ko‘ra, viloyatda juma kuni yog‘ingarchilik susayishi kutilmoqda. Biroq shanba kuni yomg‘ir yana boshlanishi mumkin.
Mutaxassislar ob-havo yomonlashgan paytda fuqarolarga xavfsizlik choralariga rioya qilishni va tegishli idoralarning ogohlantirishlariga amal qilishni tavsiya etmoqda.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.