Afg‘oniston/Ashxobod shahrida yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan bolalarning erta yoshdan chet tillarini o‘rganishiga va xalqaro ta'lim tizimiga tayyorgarlik ko‘rishiga qaratilgan yangi ta'lim markazi o‘z ishini boshladi.
1-sentabr kuni «JAHAN Bilimli Çagalar Dünýäsi» maktabga tayyorlov markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu markaz Turkmaniston bo‘yicha o‘qishlarni to‘liq ingliz tilida tashkil etuvchi ilk maktabga tayyorlov markazlaridan biri sifatida yangi imkoniyatlarni taqdim etmoqda.
Markazda o‘quv-tarbiyaviy ishlar Kembrij universitetining kichik yoshdagi bolalar rivojlanishiga qaratilgan dasturi tamoyillari va Montessori usulining alohida elementlari asosida olib boriladi. Bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda, o‘quv va rivojlantirish dasturlari ularning ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich rivojlantirishga qaratiladi.
Yangi o‘quv yili 39 hafta davom etadi. Darslarning faqat ingliz tilida o‘tkzilishi ko‘zda tutilib, o‘quv jarayonida Kembrij darsliklaridan foydalaniladi.
Markazning asosiy maqsadlaridan biri bolalarning ingliz tilini kichik yoshdan o‘rganishiga sharoit yaratish bilan bir qatorda, ularni kelgusida xalqaro o‘lchovlarga mos ta'lim beruvchi maktablarda o‘qishga tayyorlashdan iboratdir.
Yangi ta'lim markazining ochilishi Turkmanistonda maktabgacha ta'lim tizimida chet tillarini erta yoshdan o‘qitishga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatuvchi tashabbuslardan biri bo‘lib turibdi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.