27-iyul kuni Turkmaniston Savdo-sanoat palatasi majlislar zalida turkman-o‘zbek biznes-forumi o‘z ishini boshladi. Anjumanning ochilishida Turkmaniston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Azat Nazarov hamda O‘zbekiston Respublikasining Turkmanistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ravshanbek Alimov tabrik so‘zi bilan chiqish qildilar.

Forum dasturidan qurilish va sanoat sohalaridagi ustuvor hamkorlik yo‘nalishlariga bag‘ishlangan yalpi majlislar o‘rin olgan. Unda Turkmanistonning tegishli vazirliklari vakillari va qurilish materiallari hamda sanoat uskunalarini ishlab chiqaruvchi O‘zbekiston kompaniyalari taqdimotlar o‘tkazmoqda. Tadbir yakunida ikki mamlakat davlat va xususiy sektori vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri B2B hamda B2G muzokaralari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.