Avgust oyida Turkmanistonda keng koʻlamli madaniy tadbirlar oʻtkaziladi!
1 daqiqa o'qish

Turkmaniston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan avgust oyida mamlakat boʻylab bayram tadbirlari, koʻrgazmalar, ilmiy-amaliy anjumanlar, yoshlar tanlovlari va ekologik forumlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Avgust oyida Turkmanistonda mamlakat Mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirlar, koʻrgazmalar, konferensiyalar, targʻibot-tashviqot va tushuntirish ishlari keng koʻlamda tashkil etiladi.
Bu haqda Turkmaniston Hukumatining yigʻilishida Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari B. Seyidova hisobot berdi. Yozgi dam olish mavsumida bolalar oʻrtasida madaniy-ommaviy tadbirlar, ijodiy va intellektual musobaqalar, sport bellashuvlari hamda milliy oʻyinlar boʻyicha musobaqalar oʻtkazish koʻzda tutilgan.
Tarixiy-madaniy yodgorliklar majmualarida moddiy-madaniy merosni oʻrganishda tarixiy obidalarning ahamiyatiga bagʻishlangan dala oʻquv seminarlari tashkil etiladi. Shuningdek, Köpetdag davlat tabiat qoʻriqxonasida «Köpetdag tabiy goʻzalliklari» nomli forum oʻtkaziladi.
Shu bilan birga, yosh xonandalarning «Ýaňlan, Diýarym!» telekoʻrigining Lebap va Mary viloyatlari boʻyicha saralash bosqichlari, shuningdek, «Çalsana, bagşy!» ijodiy tanlovining yakuniy final bosqichi boʻlib oʻtadi.
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedow Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosariga joriy yilning avgust oyiga rejalashtirilgan tadbirlarga yuqori darajada tayyorgarlik koʻrishni va ularni uyushqoqlik bilan oʻtkazilishini taʼminlashni topshirdi — deya xabar beradi TDH agentligi.






Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.