
Raqiblar bukiluvchan gadjetlarning oltinchi avlodini chiqarishayotgan bir paytda, Apple texnologik «kuzir» tayyorlamoqda. Amul Info tahlilchilari Digital Chat Station ma'lumotlariga tayanib, sharnir va ekranning mutlaqo yangi dizayni haqida xabar berishmoqda. Asosiy yangilik — UTG/UFG qatlamlari bilan himoyalangan ikki qatlamli shisha bo'lib, u ekranning bukilish mexanizmi bilan bevosita aloqasini yo'qotadi. Bu nafaqat bukilish izini yo'q qiladi, balki ekranni mayda tirnalishlardan «o'z-o'zini tiklash» qobiliyatiga ega qiladi. Yil yakunida kutilayotgan ushbu reliz premium smartfonlar bozorini qayta shakllantiradi.
Manba: Digital Chat Station, Amul Info
Keywords