
Sun’iy intellekt texnologiyalariga bo‘lgan talabning uzluksiz o‘sishi bilan yarimo‘tkazgichlar (chip) ishlab chiqarishda yangi rekord o‘rnatildi. Koreya Respublikasining «SK Hynix» va AQShning «Micron Technology» kompaniyalari bozor qiymati 1 trillion AQSh dollaridan oshib, jahon iqtisodiyotida yangi o‘sishlar belgisini ko‘rsatdi.
So‘nggi davrda sun’iy intellekt (AI) tizimidagi keng ko‘lamli o‘zgarishlar ushbu yo‘nalishda chiplar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning investitsion qiymatini sezilarli darajada oshirdi. «SK Hynix» kompaniyasi aksiyalari narxi 14,9 foizga o‘sdi, natijada kompaniyaning umumiy bozor qiymati 1,68 kvadrillion von yoki 1,12 trillion AQSh dollariga teng bo‘ldi.
Koreya Respublikasi ikkinchi o‘rinda Koreya Respublikasi ayni paytda AQShdan keyin bozor qiymati 1 trillion dollardan oshadigan birdan ortiq kompaniyaga ega bo‘lgan dunyodagi ikkinchi davlat sifatida qayd etildi. Eslatib o‘tamiz, bundan avval «Samsung Electronics» kompaniyasi ham 6-may kuni 1 trillion dollarlik marrani zabt etishga erishgan edi.
Shu tariqa, yarimo‘tkazgichlar bozoridagi raqobat va texnologik yutuqlar dunyoning eng yirik kompaniyalari moliyaviy darajalarini yangi cho‘qqilarga olib chiqmoqda. 2-iyun kuni «Micron Technology» kompaniyasining ham 1 trillion dollarlik chegaradan o‘tishi chip ishlab chiqarish hozirgi davrning eng strategik va daromadli sohalaridan biri ekanligini tasdiqlaydi.
Keywords