Buyuk Britaniyada saratonni davolashda yangi, umidbaxsh dori vositasi boʻlgan «Amivantamab» (Johnson & Johnson kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan) sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtdi. Bu dori kimyoterapiya va immunoterapiya kabi standart davolash usullari taʼsir qilmaydigan bosh va boʻyin saratonining ogʻir shakllari bilan ogʻrigan bemorlar uchun katta muvaffaqiyat hisoblanadi.

Sinovlarda 11 mamlakatdan 102 nafar bemor ishtirok etdi. Tadqiqotlar uchun OPI (odam papilloma virusi) sababli yuzaga kelmagan, davolash qiyin boʻlgan saraton turlari bilan ogʻrigan bemorlar saralab olindi. Natijalar shifokorlarni hayratda qoldirdi:

  • Toʻliq va qisman natija: Sinov ishtirokchilarining 43 nafarida ijobiy oʻzgarishlar kuzatilib, oʻsmalar hajmi kichraydi yoki butunlay yoʻqoldi.
  • Toʻliq sogʻayish: 15 nafar bemorda saraton oʻsmalari butunlay yoʻqoldi.
  • Qisman sogʻayish: 28 nafar bemorda esa oʻsmalar hajmi sezilarli darajada kichraydi.

Shifokorlar dastlabki ijobiy natijalarni dorini yuborish boshlanganidan bir necha hafta oʻtib qayd eta boshladilar.

«Amivantamab» davolash usulining bir qancha afzalliklari bor:

  • Uch tomonlama taʼsir: Dori saraton hujayralarining oʻsishini toʻxtatadi, ularni davolashga qarshi himoyadan mahrum qiladi va organizmning immun tizimiga kasallik bilan kurashishga yordam beradi.
  • Qulay qoʻllanilishi: Dori tomir ichiga emas, balki teri ostiga inyeksiya shaklida yuboriladi. Uch haftada bir marta qilinadigan bu inyeksiya bemorlarning soatlab tomchilatib yuboriladigan dorilar ostida yotishining oldini oladi.

Mutaxassislar bu natijalarni tibbiyotdagi haqiqiy «proryv» (yutuq) deb atamoqdalar. Ilgari davolash yordam bermaydigan bemorlar uchun imkoniyatlar juda cheklangan boʻlsa, endilikda bu dori minglab insonlar uchun yangi umid boʻlib turibdi.