
So‘nggi yillarda mamlakatimiz bojxona tizimidagi keng ko‘lamli islohotlar xalqaro tranzit imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda. Buning yaqqol dalili sifatida Germaniyaning Xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari xizmat qilishi mumkin.
Tadqiqotlarda Markaziy Osiyo davlatlari orqali tovarlarni eksport va tranzit qilishda sarflanadigan vaqt va xarajatlar tahlil qilindi. Farap bojxona punkti bojxona amallarini eng tez va samarali bajaradigan punktlardan biri sifatida ajralib turdi.
2025-yilning avgust–oktabr oylarida Farap, Qorabog‘az va Dashog‘uz avtomobil yo‘llari bojxona punktlarida eksport va tranzit yuklarini tashiydigan transport vositalarining o‘rtacha bojxona muddati 37 daqiqa bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng qisqa hisoblanadi. Misol uchun: Qozog‘iston — 1 soat 30 daqiqa, Tojikiston — 1 soat 40 daqiqa, Qirg‘iziston — 1 soat 44 daqiqa, O‘zbekiston — 1 soat 10 daqiqa.
Shuningdek, chegara bo‘yicha transport vositalarining navbatlari tahlilida Farap bojxona punktida navbatdagi vaqt 35 minutdan oshmasligi, boshqa mamlakatlarda esa bir necha soatgacha cho‘zilishi aniqlangan.
Bu natijalar Farap bojxona punktining Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi muhim tranzit tuguni sifatidagi rolining mustahkallanganini tasdiqlaydi. Buning asosi bojxona infratuzilmasining modernizatsiyasi, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, “yashil yo‘laklar”ni yaratish va uyg‘un, samarali bojxona nazorati hisoblanadi. Hozirgi kunda Farap bojxona punkti nafaqat milliy iqtisodiyotning, balki xalqaro tranzitning ishonchli va tezkor xizmat ko‘rsatadigan muhim bo‘lagi hisoblanadi.
Keywords