Xitoy Milliy Neft-gaz Korporatsiyasining (“CNPC International Ltd.”) Turkmanistondagi filiali № CIT-26019-SR raqamli xalqaro tender eʻlon qiladi. Tender “Bagtyýarlyk” shartnomaviy hududida 2026–2029-yillarda quduqlar tubida oʻtkaziladigan ishlarda nasos-kompressor quvurlarining (NKQ) mufta birikmalarida gaz sizib chiqishini aniqlash va quvurlardagi nuqsonlarni (defektlarni) aniqlash boʻyicha xizmatlarni sotib olishni koʻzda tutadi.
Bunday xizmatlar asosan burgʻilash qurilmalarida quduqlarni yakunlash (oʻzlashtirish) uchun yerosti uskunalari bilan birgalikda NKQ ustunlarini tushirish vaqtida qoʻllaniladi.
Bildirilgan asosiy talablar:
- Geliy gazidan foydalangan holda NKQ mufta birikmalarida gaz sizib chiqishini aniqlash uchun zarur boʻlgan uskunalar majmuasi, asosiy lager, malakali mutaxassislar va asbob-uskunalar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim;
- Vodorod sulfid (achchiq gaz) va karbonat angidrid gazi yuqori konsentratsiyali boʻlgan neft-gaz konlarida NKQlarni buzmaydigan tekshirish usuli (Nondestructive testing — NDT) orqali nazoratdan (defektoskopiyadan) oʻtkazish kerak.
Tenderda ishtirok etish uchun:
- Rasmiy ariza topshirish: tenderda ishtirok etishni xohlovchi kompaniyaning toʻliq nomi, huquqiy maqomi, roʻyxatdan oʻtgan mamlakati va rekvizitlarini, shuningdek, tender raqami va nomini koʻrsatgan holda ariza yozish lozim;
- Toʻlovni amalga oshirish: tender hujjatlarini (ITB) olish uchun toʻlov hisob-varagʻini (schyot) olish kerak. Ushbu hisob-varogʻi yozma ariza berilgan vaqtda kompaniyaga topshiriladi;
- Tender buyurtmasini (ITB) olish: kompaniya vakili pasportining nusxasi, hujjatlarni olishga boʻlgan bosh ishonchnoma nusxasi va pul oʻtkazmasi nusxasi koʻrsatilgandan soʻng, tender topshiriqlari toʻplamini olish lozim.
Muddatlar va bogʻlanish:
- Ishtirok etish uchun soʻnggi muddat: eʼlon ommaviy axborot vositalarida chop etilgan kundan boshlab 7 (etti) taqvim kuni davomida (19.05.2026 — 25.05.2026). Koʻrsatilgan muddatdan kechikib kelgan arizalar qabul qilinmaydi.
- Manzil: Turkmaniston, Ashxobod sh., Bitarap Türkmenistan shohkoʻchasi, 553/3, CNPCIT idora binosi.
- Masʼul shaxs: Narine Simonyan
- Telefon raqami: (+993-12) 44-54-34







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.