
Bolalar tarbiyasi sabr-toqat va uzoq vaqt talab qiladigan jarayondir. Tarbiya bola tugʻilgan paytdan emas, balki ota-onaning oʻz-oʻzini tarbiyalashidan boshlanadi. Bolalar biz aytganlarimizni emas, balki qilayotgan ishlarimizni takrorlaydilar. Bola dunyoning xavfsiz ekanligiga ishonishi kerak. Agar ota-ona bolaning qoʻrquv va tuygʻulariga tushunish bilan yondashsa, bolada oʻziga nisbatan ishonch paydo boʻladi. Bolani nafaqat yaxshi ishlar qilganda, balki yigʻlaganda, gʻazablanganda yoki xato qilganda ham «Baribir biz seni yaxshi koʻramiz!» deb, mehr koʻrsatish juda muhimdir. Ota-ona bola bilan gaplashganda, bolani ayblashdan qochishi kerak. Masalan: Notoʻgʻri: «Sen doim xonangni iflos saqlaysan!» (Ayblash). Toʻgʻri: «Xonada oʻyinchoqlarning sochilib yotishi meni xafa qiladi, chunki yurish qiyin boʻlyapti. Ularni yigʻishga menga yordam berasanmi?» (Oʻz tuygʻusini bayon qilish). Dunyoga mashhur pedagoglar (masalan: Yanush Korchak) bolani urish yoki kamsitishning tarbiyaviy ahamiyati yoʻqligini ta’kidlaydilar. Bunday qilish bolaning qoʻrqib qolishiga va kelajakda tajovuzkor boʻlishiga olib kelishi mumkin. Agar bola oʻyinchoqni ataylab sindirsa, unga yangisini olib bermaslik kerak. Mayli, u oʻz harakatining natijasini his qilsin! Bola tarbiyasida yana bir ta’kidlash lozim boʻlgan narsa — erkinlikdir. Erkinlik bu har istagan narsani qilish emas, balki tartib-intizom bilan birga oʻzini tanlashdir. Uyda har doim amal qilinishi kerak boʻlgan bir nechta asosiy qoidalar boʻlishi kerak. Masalan: kechqurun soat 21:00 da uxlash kerak. Erkinlik bilan bir qatorda, bolaga tanlash imkoniyatini berish ham yaxshi natija beradi. «Yashil koʻylagingni kiyasanmi yoki koʻk?» kabi kichik tanlovlar bolaning oʻziga boʻlgan ishonchini orttiradi. Koʻrib turganimizdek, bola tarbiyasi shunchaki kundalik tashvish emas, balki ilm bilan mehrning uygʻunlashuvidan hosil boʻladigan murakkab moddiy va ma’naviy tuzilishdir. Bola tarbiyasi sabr-toqat talab qiladigan uzoq muddatli sarmoyadir. Pedagoglar ta’kidlaganidek, tarbiyali va aqlli bolani kamolga yetkazish uchun mukammal boʻlish shart emas, shunchaki mehribon va e’tiborli boʻlish yetarlidir.
Ota-onalarga maslahat:
► 1. Oʻrnak boʻling: kitob oʻqimaydigan ota-onaning bolasi kitob oʻqishga qiziqmaydi.
► 2. Samarli vaqt: farzandingiz bilan kunda kamida 15—20 daqiqa telefonsiz, butun e’tiboringizni berib oʻynang.
► 3. Sabrli boʻling: miyaning rivojlanishi uchun vaqt kerak. Bola ataylab emas, balki hali uddalay olmagani uchun xato qiladi.
► 4. Mehnatiga qarab baho bering: «Sen juda iste’dodlisiz» deyishdan koʻra «Sen bu ish uchun juda koʻp mehnat qilding, natijasi yaxshi boʻladi» deyish foydaliroqdir.
► 5. Bolaga shaxs sifatida hurmat koʻrsating: bola bu shaxsdir.
Keywords