
Amerikalik tadbirkor Ilon Mask dunyo tarixida boyligi 1 trillion AQSh dollaridan oshgan birinchi odam bo‘ldi. Bu muvaffaqiyatga “SpaceX” kompaniyasi aksiyalarining “Nasdaq” birjasiga chiqarilishi (IPO) natijasida erishildi.
“Reuters” agentligi va “Forbes” jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, Maskning “SpaceX” kompaniyasidagi ulushining o‘zi 866 milliard dollarga teng. Uning “Tesla” va boshqa aktivlari bilan birgalikdagi umumiy boyligi savdolar boshlangan paytda 1,1 trillion AQSh dollariga yetdi.
“SpaceX” kompaniyasi IPO doirasida rekord darajadagi — 75 milliard dollar mablag‘ jalb qilishni ko‘zda tutmoqda. Shu tariqa, 12-iyundan boshlab kompaniyaning qimmatli qog‘ozlari “SPCX” belgisi bilan “Nasdaq” birjasida rasman sotila boshlandi.
Bu voqea jahon iqtisodiyotida yangi sahifa ochilganini va texnologiya gigantlarining kapital bozoridagi ta’siri ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Keywords