Hurmatli Prezidentimiz Arkadagʻli Qahramon Serdarimiz boshchiligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli oʻzgarishlar mazmunini, shuningdek Turkmaniston Xalq Maslahatining tarixiy ahamiyatini aholi oʻrtasida keng targʻib qilish maqsadida joylarda targʻibot-tashviqot uchrashuvlari muntazam tashkil etib kelinmoqda.
Bugun — 2026-yil 28-iyulda Kerki tumani hokimligi tomonidan tuman madaniyat markazining majlislar zalida Turkmaniston Xalq Maslahatining ahamiyatini keng jamoatchilikka targʻib qilish boʻyicha keng koʻlamli anjuman oʻtkazildi.
Targʻibot-tashviqot tadbirida Turkmaniston Mejlisi deputati Amangeldi Hezziyev, tuman hokimining madaniy-ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Dilber Yagshiyeva, tumanimizning hurmatli nuroniy aholisi, shuningdek jamoat tashkilotlari, ta'lim va madaniyat sohalari xodimlaridan iborat jami 180 nafar kishi qatnashdi.
Anjumanda soʻzga chiqqanlar davlat Rahbarining oqilona boshchiligida xalqimizning obod va baxtli hayot kechirishi yoʻlida olib borilayotgan ulugʻvor ishlarning ahamiyatiga alohida e'tibor qaratdilar. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha oʻzgarishlarning asosiy oʻzagini inson manfaatli siyosat tashkil etishini ta'kidlab, Xalq Maslahatining davlat ahamiyatiga molik qarorlarni qabul qilishda va jamoat birligini mustahkamlashda muhim oʻrin tutib kelayotganini gʻurur bilan bayon etdilar.
Ta'sirli va ruhlantiruvchi muhitda oʻtgan anjuman qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.