Lebap sement zavodida ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida yangi sex ishga tushirildi. Bu haqda Lebap.biz sayti xabar beradi.
Zavodning ikkinchi bosqichi foydalanishga topshirilishi bilan korxonaning ishlab chiqarish quvvati sezilarli darajada oshdi. Hozirgi vaqtda zavodda yiliga 2 million tonnagacha mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Korxonada S-400 va S-500 rusumli portlandsement, tuzga chidamli sement va klinker kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Yangi ishga tushirilgan sexda esa polipropilen qoplari ishlab chiqariladi. Ushbu ishlab chiqarish bo‘limining yaratilishi sement mahsulotlarini qadoqlash bo‘yicha ehtiyojlarni ichki imkoniyatlar hisobidan qondirishga sharoit yaratadi.
Lebap sement zavodida ishlab chiqarish tuzilmalarining zamonaviylashtirilishi va yangi sexlarning tashkil etilishi korxona quvvatini oshirish bilan bir qatorda, mamlakatimiz qurilish sohasini zarur mahsulotlar bilan ta'minlashga ham xizmat qiladi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.