Dänew etrapidagi «Azatlyk» dehqon birlashmasining 5-ijara guruhining ijarachisi Rüstem Jumaboyev ona dinga bo‘lgan muhabbati, mehnatsevarligi va boy tajribasi bilan qishloq xo‘jaligida yuksak obro‘-e’tibor qozongan dehqonlardan biridir.

Xalqimizda «Yigitga ming bir hunar ham oz» degan hikmat bor. Rüstem Jumaboyevning hayot yo‘li ham bu maqolning ma’nosini yaqqol ko‘rsatib beradi. U o‘z mehnati, matonati va kasb mahorati bilan qishloq xo‘jaligining turli sohalarida ulkan tajriba to‘plab, ko‘p yillar davomida ona zaminidan mo‘l hosil olib kelmoqda.

Rüstem ota 1976-yilda o‘rta maktabni tamomlagach, etrapdagi mexizatorlarni tayyorlash o‘quv yurtida ta’lim oladi. Qishloq xo‘jaligi texnikalarini mohirlik bilan boshqarishni o‘rganishida tajribali mexanizator Roman Jorayevning ulkan hissasi bo‘lganini u minnatdorchilik bilan yodga oladi.

So‘ngra u kasbiy bilimini yanada mukammallashtirib, 1985-yilda Turkmanobod shahridagi hozirgi agrosanoat o‘rta maxsus o‘quv yurtida agronomiya mutaxassisligi bo‘yicha sirtqi o‘qishni boshlaydi va 1988-yilda bu yo‘nalish bo‘yicha tahsil oladi.

Mehnat faoliyati davomida Rüstem Jumaboyev qishloq xo‘jaligining turli yo‘nalishlarida ishladi. 1993-yildan boshlab g‘allakor-ijarachilar guruhi rahbari, so‘ngra g‘allachilik bo‘yicha agronom lavozimida mehnat qildi. Yillar davomida to‘plagan tajribasi uning ekinlarga qarashda, yerdan samarali foydalanishda va yuqori hosil olishda usta mutaxassis sifatida tanilishiga imkon berdi.

2018-yildan buyon u asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlari bo‘lgan bug‘doy va paxtadan mo‘l hosil olish yo‘lida sidqidildan mehnat qilmoqda. Tajribali ijarachi sifatida Rüstem ota nafaqat «Azatlyk» dehqon birlashmasida, balki Dänew etrapining qishloq xo‘jaligi xodimlari orasida ham katta hurmatga egadir.

Qishloq xo‘jaligidagi mehnat yo‘li 50 yilga yaqinlashgan Rüstem Jumaboyevning hayotiy o‘rnaklari yosh dehqonlar uchun namuna bo‘lib xizmat qiladi. Uning ona zaminiga bo‘lgan muhabbati, halol mehnati va o‘z kasbiga sadoqati mo‘l hosilning, farovon hayotning asosiy shartlaridan biridir.