Og‘uzxon nomidagi Muxandislik-texnologiyalar universiteti olimlar, o‘qituvchilar, talabalar va tegishli soha mutaxassislarini sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada qatnashishga taklif etadi.

Xalqaro konferensiya 28-oktabr kuni raqamli shaklda o‘tkaziladi. Tadbirning asosiy mavzusi «Sun’iy intellektning milliy texnologiyalari: raqamli iqtisodiyot, aqlli diversifikatsiya va barqaror rivojlanish» deb belgilandi.

Onlayn shaklda o‘tkaziladigan konferensiya ishlab chiqarishga aqlli texnologiyalarni joriy etish, tajriba almashish, shuningdek, yosh tadqiqotchilarning istiqbolli ilmiy ishlari va yangi ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish uchun xalqaro ilmiy maydoncha bo‘ladi.

Konferensiyada qanday qatnashish kerak?

Konferensiyada qatnashish istagida bo‘lganlar ilmiy maqolalarini yoki tezislarini belgilangan talablarga muvofiq tayyorlab, etut.conference@gmail.com elektron pochta manziliga yuborishlari lozim.

Talablarga muvofiq rasmiylashtirilmagan yoki belgilangan muddatdan keyin yuborilgan ilmiy ishlar ko‘rib chiqish va chop etish uchun qabul qilinmaydi. Materiallarni qabul qilishning oxirgi muddati — 10-oktabr. Konferensiyada qatnashish mutaxassislarga o‘z ilmiy g‘oyalarini xalqaro ilmiy jamoatchilikka taqdim etishga, shuningdek, sun’iy intellekt sohasidagi yangi yo‘nalishlar va zamonaviy texnologiyalar bilan tanishish imkoniyatini beradi.

Bog‘lanish uchun: Manzil: Ashxobod shahri, Taslama ko‘chasi, 100, Og‘uzxon nomidagi Muxandislik-texnologiyalar universiteti

Telefon: +993 63 828068

E-mail: etut.conference@gmail.com