Turkmanistonlik og‘ir atletikachi Shabnam Kerimbayeva Xitoyning Ningbo shahrida o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida ikkita yoshlar o‘rtasidagi jahon rekordini yangiladi.
57 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ishtirok etgan sportchi dast ko‘tarish mashqida 89 kilogrammni ko‘tarib, ushbu yo‘nalishda yoshlar o‘rtasida yangi jahon rekordini o‘rnatdi.
Shabnam Kerimbayeva ikki mashq natijalari yig‘indisi bo‘yicha ham yuqori ko‘rsatkichga erishdi. U jami 201 kilogramm natija qayd etib, yana bir yoshlar jahon rekordining egasiga aylandi. Siltab ko‘tarish mashqida esa turkmanistonlik sportchi 112 kilogrammni ko‘tardi.
Turkmanistonlik sportchining yutuqlari haqida Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) xabar berdi.
Ta’kidlash joizki, jahon chempionatida Turkmaniston terma jamoasi safida 10 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Musobaqalar 2026-yil 27-oktabrdan 8-noyabrgacha davom etadi.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.