Qozog‘istonlik tennischi Yelena Ribakina Xitoyning Ningbo shahrida ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan ochiq chempionatda g‘alaba qozonib, o‘tgan yilgi chempionlik unvonini himoya qilishga muvaffaq bo‘ldi.
27 yoshli sportchi final uchrashuvida kanadalik Leyla Fernandesni ikki setda ham 6:2 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa, Ribakina joriy mavsumdagi to‘rtinchi, professional faoliyatidagi esa 15-kubogini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, qozog‘istonlik tennischi o‘tgan yili ham ushbu musobaqa finalida rossiyalik Yekaterina Aleksandrovani mag‘lub etib, chempion bo‘lgan edi.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.