Ozarbayjon Respublikasining mashhur neft-gaz kompaniyasi boʻlgan «SOCAR» Ashxobodda oʻtkaziladigan «Turkmaniston nefti va gazi — 2026» (OGT 2026) xalqaro konferensiyasi va koʻrgazmasining bosh hamkori (Premier Partner) sifatidagi maqomini rasman tasdiqladi.
— SOCAR ning Turkmanistondagi vakolatxonasi sifatida Kaspiy dengizi mintaqasi boʻyicha investitsiyalar, energiya tranziy koridorlari, infratuzilmani optimallashtirish va texnologik yutuqlar borasida yuqori darajadagi muzokaralar uchun muhim maydoncha boʻlib xizmat qiladigan «OGT 2026» kabi yirik mintaqaviy forumini qoʻllab-quvvatlayotganimizdan faxrlanamiz, — deyiladi kompaniya matbuot bayonotida.
Shuningdek, kompaniya vakolatxonasi Ozarbayjon bilan Turkmaniston oʻrtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratayotganini maʼlum qildi. Faol hamkorlik orqali butun mintaqa uchun manfaatli boʻlgan ishonchli, samarali va barqaror munosabatlarni rivojlantirishga bundan buyon ham koʻmaklashilishi taʼkidlanadi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.