
Yaponiyaning moliya bozorida tarixiy o‘zgarish yuz berdi: «SoftBank Group» korporatsiyasi «Toyota Motor» kompaniyasini ortda qoldirib, mamlakatning bozor qiymati bo‘yicha eng qimmatli kompaniyasiga aylandi. Shu tariqa, «Toyota» 23 yil davomida egallab kelgan yetakchilik o‘rnini ikkinchi o‘ringa bo‘shatib berishga majbur bo‘ldi.
«Nikkei» birjasidagi o‘zgarishlar natijasida «SoftBank» aksiyalari kun davomida 10 foizdan yuqori o‘sish ko‘rsatib, kompaniyaning bozor qiymati 47–49 trillion iyenaga yetdi. Shu bilan birga, mashinasozlik giganti bo‘lgan «Toyota Motor»ning bozor qiymati 45–46 trillion iyen darajasida qoldi.
Iqtisodiy ekspertlar bu holatni yapon iqtisodiyotining tubdan o‘zgarishi dalili sifatida izohlamoqdalar. Ularning ta’kidlashicha, ushbu o‘zgarish Yaponiyaning iqtisodiy o‘sish yo‘nalishi an’anaviy ishlab chiqarish va sanoat tarmoqlaridan texnologiya va sun’iy intellekt (AI) tizimlari tomon yuz o‘girayotganini ko‘rsatadi.
«SoftBank»ning investitsiya strategiyasi va texnologiya sohasidagi ta’sirchan o‘rni mamlakatning kelgusi iqtisodiy siyosati ham aynan shu yo‘nalishlar bilan mustahkam bog‘liq bo‘lishidan dalolat beradi.
Keywords