O‘tgan hafta Turkmaniston Davlat tovar-xomashyo birjasi savdolarida 14 ta bitim ro‘yxatga olindi.
Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya, Ozarbayjon va Qirg‘iziston ishbilarmon doiralari vakillari xorijiy valyutaga to‘qimachilik mahsulotlari, paxta matosi, paxta ipi, paxta tolasi hamda xom ipak xarid qildilar. Bitimlarning umumiy qiymati 4 million 755 ming AQSH dollaridan oshdi.
Turkmanistonlik tadbirkorlar ichki bozor uchun «Türkmennebit» davlat konserni ishlab chiqargan polipropilen, portlandsement, shirinmiya ildizi ekstrakti, paxta ipi, paxta linti va tozalangan paxta chiqindilarini xarid qildilar. Xaridlarning umumiy qiymati 511 million 698 ming manatni tashkil etdi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.