
O‘tgan haftada Turkmaniston Davlat tovar-xomashyo birjasi savdolarida 26 ta bitim ro‘yxatga olindi. Turkiya, Ozarbayjon va Qirg‘iziston tadbirkorlari tomonidan sotib olingan ip-kalava va paxta tolasining umumiy qiymati 3 million 526 ming AQSh dollaridan oshdi.
Ichki bozor uchun esa turkmanistonlik tadbirkorlar «Turkmennebit» davlat konsernining bazaviy moyini, shuningdek, paxta yog‘i, bug‘doy uni va xom ipakni sotib oldilar. Milliy valyutada tuzilgan bitimlarning umumiy qiymati 173 million 734 ming manatga teng bo‘ldi.
Keywords