Turkmanistonning Dashoguz viloyati Garashsyzlyk etrapida yiliga 60 ming tonna texnik paxta chigitini qayta ishlash quvvatiga ega o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish korxonasi quriladi. Bu haqda Turkmaniston Prezidentining tegishli qarorida belgilangan.
Hujjatga muvofiq, Turkmaniston Oziq-ovqat sanoati davlat birlashmasiga yangi korxona loyihasini tayyorlash va uning qurilishini amalga oshirish uchun shartnoma tuzishga ruxsat berildi. Loyiha doirasida zavod atrofidagi hududni obodonlashtirish ham ko‘zda tutilgan.
Yangi ishlab chiqarish korxonasining qurilishi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan. Shuningdek, loyiha qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatida mehnat unumdorligini oshirish, xomashyoni kompleks va chiqindisiz qayta ishlashning innovatsion texnologiyalarini joriy etishga yordam beradi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.