
Ashxoboddagi Muqomlar saroyida Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY)ning XXVII opera kunlari munosabati bilan tantanali konsert bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir turkiy tilli xalqlar o‘rtasidagi tarixiy va ma’naviy birlikni mustahkamlashda, madaniy diplomatiyani rivojlantirishda navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.
Tantanada Turkmaniston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston opera san’atining taniqli ustalari chiqish qildilar. Konsert dasturi o‘zining boyligi va rang-barangligi bilan ajralib turdi:
Hozirgi kunda Turkmaniston nufuzli xalqaro tashkilotlar, xususan, TURKSOY bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda. Mazkur tadbir mamlakatimizning xalqaro madaniy-gumanitar aloqalarning muhim markaziga aylanib borayotganining yorqin isbotidir. O‘tkazilgan konsert nafaqat san’at bayrami, balki xalqlar o‘rtasidagi tinchlik, do‘stlik va o‘zaro ishonch tantanasi sifatida tavsiflandi.
Tadbir Turkmaniston Davlat simfonik orkestri va Davlat xori ijrosida Vali Muhadovning «Turkmaniston — bog‘u bo‘ston» qo‘shig‘i bilan boshlandi. Konsert yakunida esa barcha ishtirokchilar birgalikda mashhur «Funiculì, Funiculà» asarini ijro etdilar. Ushbu o‘ziga xos yakuniy chiqish turkiy xalqlarning ahilligi va do‘stona munosabatlari madhiyasi bo‘lib yangradi.
Tadbir ishtirokchilari madaniyat sohasini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasida yaratilgan keng imkoniyatlar uchun davlatimiz Rahbariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Keywords