Turkiyaning Zonguldak viloyatidagi ko‘mir konida yuz bergan kuchli portlash oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi, yana besh kishi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, portlashda jarohatlanganlar shifoxonaga yetkazilgan. Hodisa joyida qutqaruvchilar va boshqa favqulodda xizmatlar xodimlari ish olib bormoqda.
Ayni paytda portlash sabablarini aniqlash bo‘yicha tekshiruv olib borilmoqda. Tegishli xizmatlar hodisaning yuz berish holatlarini o‘rganmoqda.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.